Bosh sahifa / Maxfiylik siyosati
Maxfiylik siyosati

Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha ushbu siyosat (keyingi o‘rinlarda siyosat deb yuritiladi) internetdagi www.daryo.uz veb-saytida va “Daryo” mobil ilovasi, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida (keyingi o‘rinlarda nashr deb yuritiladi) joylashtirilgan barcha ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Nashrdan foydalanuvchilar, tashrif buyuruvchilar nashrning boshqa foydalanuvchilari nashrdan, uning xizmatlaridan, dasturlari va mahsulotlaridan foydalanish jarayonida foydalanuvchi haqida bilib olishlari mumkin.

   Nashr xizmatlaridan foydalanish foydalanuvchining ushbu siyosatga va unda ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash shartlariga so‘zsiz roziligini anglatadi. Ushbu shartlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, foydalanuvchi nashr xizmatlaridan foydalanishdan voz kechishi kerak.

  1.Umumiy qoidalar

   1.1. Ushbu siyosat doirasida foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari quyidagilarni anglatadi: 1.1.1. Ro‘yxatdan o‘tish (hisob qaydnomasini yaratish) yoki nashrdan foydalanish jarayonida foydalanuvchi o‘zi haqida mustaqil ravishda taqdim etadigan shaxsiy ma’lumotlar, shu jumladan, foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari. 1.1.2. Nashr ma’muriyati, umuman olganda, foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirmaydi va ularning huquqiy layoqatini nazorat qilmaydi. Shu bilan birga, nashr ma’muriyati foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish shaklida taklif qilingan masalalar bo‘yicha ishonchli va yetarli darajada shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishidan kelib chiqadi va bu ma’lumotlarni yangilab turadi. Noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish xavfi uni taqdim etgan foydalanuvchi tomonidan o‘z zimmasiga oladi.