Amaldagi qoidalar “PULSE” jurnali (www.pulsejournal.uz) sayti (keyingi oʻrinlarda —
sayt)da, shuningdek, uning maxsus loyihalari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
(keyingi oʻrinlarda —
nashrning ijtimoiy tarmoqlari)da saytida eʼlon qilingan matnli, grafik, video, audio va boshqa koʻrinishdagi materiallardan foydalanish
shartlari va tartibi (keyingi oʻrinlarda
— shartlari)ni belgilab beradi. “PULSE” (www.pulsejournal.uz)
sayti “Profi University” MChJning xususiy nashri hisoblanadi. Saytdan
foydalanish shartlarga, shuningdek, ularga kiritiladigan oʻzgartish va toʻldirishlarga roziligingizni bildiradi.
Saytda va nashrning ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirilgan istalgan
material mualliflik huquqi obyektidir. Saytning koʻrsatib oʻtilgan
materiallarga boʻlgan huquqlari
intellektual faoliyat natijasiga doir huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan
himoya qilinadi.
1. Axborotni koʻchirish
1.1. “PULSE” (www.pulsejournal.uz) saytidagi axborotni chop etish, koʻchirish, koʻpaytirish, tarqatish va undan boshqa koʻrinishda foydalanishga faqatgina tahririyatning yozma ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
1.2. Soʻrovlar info@profiuniversity.uz
elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.
2. Matn, fotosuratlar,
illyustratsiyalar va videolardan foydalanish
2.1. Sayt va nashr ijtimoiy tarmoqlaridagi “PULSE” (www.pulsejournal.uz)
vatermarki (logotipi) tushirilgan grafik va videotasvirlardan tahririyatning
oldindan berilgan yozma ruxsati bilangina foydalanish mumkin.
2.2. Agar ruxsat olingan boʻlsa, matn, surat
yoki videoni eʼlon qilish
vaqtida muallifning ismi va familiyasi hamda sayt nomini koʻrsatish shart. Fotosuratdagi vatermark
saqlanib qolishi lozim.
2.3. Suratlar va videolarni oʻzgartirish,
tahrirlash, ular asosida boshqa ishlar tayyorlash, soxtalashtirish, ulardan
tijoriy maqsadlarda foydalanish yoki boshqa koʻrinishdagi modifikatsiyalar qilish taqiqlanadi.
2.4. “PULSE” (www.pulsejournal.uz) vatermarki (logotipi) qoʻyilmagan barcha tasvirlar ularning yonida
koʻrsatilgan huquq egalariga
tegishli.
3. Iqtibos
keltirish
Iqtibos keltirishda “PULSE” iqtibos
olingan tegishli sahifasiga giperhavola koʻrsatish majburiy. Ayni vaqtda giperhavola materialning birinchi yoki
ikkinchi xatboshisida berilishi kerak.
4. Tahririyat
bilan muloqot
Tahririyat barcha foydalanuvchilar bilan xabar almashish va
yozishmalarga kirishish imkoniga ega emas.
U yoki bu materialdan foydalanish uchun ruxsat olish maqsadida
yuborilgan soʻrovga tahririyat
tomonidan 2 ish kuni davomida javob kelmasa, bu ruxsat soʻroviga rad javobi berilganini anglatadi.