1. ABSTRAKT (ANNOTATSIYA)
- Muammoning qo‘yilishi;
- Metodologiyani aniqlash;
- Asosiy topilmalar;
- Umumiy xulosa.
2. KIRISH
- Tadqiqot obyektini belgilab olish (markaziy tushunchalarni mujassamlashtirish, mavzuni umumlashtirish, oldingi tadqiqot obyektlarini ko‘rib chiqish);
- Muammoning markazga qo‘yilishi (mavzuga oid qarshi fikrlarni o‘rganish, masaladagi mavjud kamchilik va bo‘shliqlarni ko‘rsatish, an’anaviy xulosalarni tahlil qilish);
- Tadqiqotning borish jarayoni (maqsadlarni tavsiflash, ayni vaqtdagi tadqiqot ishlarini e’lon qilish, asosiy ilmiy yangilik va topilmalarni hamda jarayonni tavsiflovchi natijalarni ta’kidlash.
- ADABIYOTLAR SHARXI
3. METODOLOGIYA
- Ishonchli ma’lumotlarni yig‘ish jarayoni va ma’lumotlarni tahlil qilish metodikasi.
4. TADQIQOT NATIJASI
- Olingan natijalarni izohlash va uning ilmiy ahamiyatini ochib berish.
5. DISKUSSIYA
- Kirish (ilmiy topilmalarni muhokama qilish va ularning ishonchliligini isbotlash ).
- Baholash (tahlil qilish, tushunchalarning ma’noviy tasnifi, adabiyotlarga havola, qo‘yilgan gipotezalar bo‘yicha xulosalar;
- Xulosa (tadqiqotning cheklanganligi (qamrov doirasi), o‘rganilmagan jihatlar bo‘yicha tavsiyalar).
6. XULOSA
- Xulosa aniq va qisqa, muammoning yechimiga qaratilgan va aniq takliflarga ega bo‘lishi lozim.
7. TASHAKKURNOMA
- Tadqiqot davomida muallifga yordam bergan olimlar, hammualliflar, tadqiqot o‘tkazilgan tashkilot va h.k larga muallifning tashakkurnomasi.
8. ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini Mendeley, EndNote va shu kabi dasturiy ta’minotlarda yuritish tavsiya etiladi.